Terapiya nimadan boshlanadi?
Birinchi uchrashuvda nimalar bo‘ladi?
Salom, men Elchin Tolibov — klinik psixolog va psixoterapevt sifatida men har kuni turli yoshdagi, turli hayotiy tajribalarga ega insonlar bilan uchrashaman. Bu maqola hayotida ilk bor psixologga murojaat qilishni o‘ylayotgan yoki ilk seans oldidan biroz xavotirga tushgan insonlar uchun yozdim.
Terapiyada his-tuyg‘ular muhim, lekin bu jarayon ham psixologik ilm-fan asoslariga tayangan bo‘ladi. Ba’zan sizga oddiy psixometrik testlar (masalan, Xavotir shkalasi, Depressiya ko‘rsatkichi, shaxsiy tipologiyalarni aniqlovchi so‘rovnomalar) berilishi mumkin. Bu testlar sizning hozirgi holatingizni yaxshiroq tushunish va terapiya rejasini tuzishda yordam beradi.
Shuningdek, men foydalanadigan yondashuvlar (masalan, Kognitiv-bixevioral terapiya, Sxema terapiya yoki EMDR) har biri ilmiy jihatdan isbotlangan, samarali metodlar hisoblanadi. Bu sizga shunchaki "gaplashib o'tirish" emas, balki yo‘nalishli va natijaga olib boruvchi jarayonda yaratish imkonini beradi.
Men sizga, shuni aytmoqchiman:
terapiya bu “bemorlar” uchun emas, ruhiy dunyosi ustida ishlashni istaganlar uchundir.
Agar hayotingizda ortiqcha yuk borligini sezayotgan bo‘lsangiz, yordam so‘rash — bu kuchsizlik emas, aksincha eng katta kuch belgisidir.
Sizga ushbu yo‘lda, ilm, tinglov va samimiyat bilan hamroh bo‘lish — men uchun ulkan mas’uliyat va sharafdir.