Psixologiya olamidagi barcha zaruriy vositalar, professional o'sishingiz va samarali seanslaringiz uchun kerak bo'ladigan har bir detal "PSIXOSTORE"da!
MAK kartalar
MAK (Metaforik Assotsiativ Kartalar) — bu psixologik maslahat, o'z-o'zini anglash va kouching jarayonlarida qo'llaniladigan, turli rasm va obrazlardan iborat kartalar to'plamidir.
Koloda 89 ta rasmli (vaziyatlar va his-tuyg‘ular aks etgan) va 89 ta so‘zli ramka (matnli kartalar) dan iborat. Ularni birlashtirib, 7744 xil kombinatsiyani hosil qilish mumkin.
Koloda ruhiy jarohatlar, yo‘qotishlar, krizisli vaziyatlar va Travmadan keyingi stress buzilishi (TKSB) bilan ishlash uchun professional rassom va terapevtlar tomonidan ishlab chiqilgan.
"O'tmish sandiqchasi" (Сундук из прошлого) — bu asosan bolalikdagi travmalar, oilaviy ssenariylar va o‘tmishdagi tugallanmagan hissiy jarayonlar bilan ishlashga mo‘ljallangan chuqur terapevtik kartalar to‘plamidir.
Ramzlar, metaforalar va ertak terapiyasi yo‘nalishida ishlash uchun mo‘ljallangan eng nafis va ko‘p qirrali kolodalardan biridir. U ayniqsa mijozning onggosti qatlamlaridagi arxetiplar bilan ishlashda yuqori samaradorlikka ega.
insonning moddiy farovonlikka bo‘lgan munosabati, moliyaviy bloklari va resurslarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan eng ommabop ixtisoslashgan kolodalardan biridir. Koloda bolalikdan shakllangan "pul haqidagi noto‘g‘ri tushunchalar", cheklovchi ishonchlar va kambag‘allik ssenariylarini tezda yuzaga chiqarishga yordam beradi.
So'zlar tugagan joyda ECCO boshlanadi. Bu koloda — aniq chegaralardan xoli bo'lgan, ranglar va shakllar tili orqali mijozingizning onggosti dunyosiga eng qisqa yo'l ochuvchi professional vositadir.
Mazkur darslik sog‘liqni saqlash tizimiga “Klinik psixolog” mutaxassislarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Umumiy psixologlardan farqli o‘laroq, klinik psixologlar bemorlar bilan ishlaydi, ularga psixodiagnostik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatadi, psixoreabilitatsiya ishlarini olib boradi. Ushbu darslikni tayyorlashda klassik olimlarning ishlari, ilm-fanning so‘nggi yutuqlari, yurtimiz hamda xorij olimlarining ilmiy va o‘quv adabiyotlaridan foydalanilgan!.
Aloqa
Buyurtmalar o'z egasiga 5 kun ichida yetkazib beriladi!