XUSH KELIBSIZ!
Assalom-u alaykum.
Ehtimol, bu sahifaga javob izlab keldingiz.
Yoki shunchaki QIZIQIB yokI YORDAM olish uchun kirgandirsiz...
Qanday holatda bo‘lsangiz ham
Hayotimizda shunday pallalar bo‘ladiki, yurakdagi og‘irlikni so‘zga aylantirishning o‘zi mushkul bo‘ladi. Tashqaridan kulib tursak-da, ichimizda to‘lqinlar to‘xtamay uraveradi. Har kimga aytib bo‘lmaydigan, ammo ichimizni kemirayotgan o‘ylar, hislar bo‘ladi.
Agar o‘zgartirishni, yengillikni, ichki sokinlikni istayotgan bo‘lsangiz —
yolg‘iz emassiz.
Ehtimol, aynan shu sahifa siz uchun yangi bir hayot bosqichining boshlanish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
Men kimman?
Men — Klinik Psixolog
Elchin Tolibov
Sizni tinglash, tushunishga harakat qilish va hayotingizdagi og‘irliklarni yelkadosh sifatida his etish uchun shu yerdaman.
Men uchun terapiya — bu shunchaki muammolar haqida gaplashish emas.
Bu — o‘zingizni chuqurroq anglash, ichki ovozingizni eshitish va o‘zingizga yaqinlashish yo‘lidir.
Men sizga ochiq, ishonchli va xavfsiz suhbat makonini taklif qilaman.
Bu makonda siz aytishni istagan barcha hislaringizga quloq tutaman.
Ba’zan yurakdan chiqqan birgina so‘zning o‘zi yillar davomida ko‘tarib yurgan yukni yengillashtiradi.
Men haqimda batafsil!
Qo'rquvlar
Miyadagi yoPishqoq fikrlar
Bolalik travmalari
Aybdorlik Hissi
Kechirolmaslik
Doimiy tushkunlik
qadam
Yillar davomida boshqalarga kerak bo‘lishga harakat qildingiz…
Ammo o‘zingizni esdan chiqargan bo‘lsangiz — endi navbat sizda.....
04
Qadam
Siz shunchaki muammoga ega emassiz — sizda hislar bor, hikoya bor, qalbingiz bor. Terapiya esa shu qalbga nazar solishdir.
03
Qadam
Sizni eshitadigan, tushunadigan va ayblamaydigan joy bor — terapiya aynan shu joydir.
02
Qadam
Ichingizda jim o‘tirgan, gapira olmayotgan bir "siz" bor. Terapiya — o‘sha jim ovozni eshitish uchun berilgan imkon.
01
Yuqorigiga o'xshash vaziyatlarmi mavjud?
Nega aynan mendan terapiya olishingiz kerak?
Men xalqaro tan olingan klinik psixologiya dasturlarida tahsil olganman, zamonaviy va ilmiy isbotlangan terapiya usullarini (EMDR, CBT, Sxema terapiya) qo‘llayman. Har bir yondashuv — tajribaga, bilimga va ehtiyotkorlikka tayanadi.
Men uchun terapiya — bu raqamlar yoki tashxislar emas. Bu sizning yuragingizdagi og‘riqni ko‘ra olish, his eta olish va u bilan birga yurishdir. Har bir suhbatda samimiyat, ishonch va insoniy yondashuvni birinchi o‘ringa qo‘yaman.
Men siz bilan siz tushungan tilda faqat so‘zlar bilan emas, qalbdan tushunishga harakat qilaman.
Va shuni bilamanki terapiyada ochilish — jasorat. Va men bu jasoratni qadrlayman. Siz aytgan har bir gap, siz his etgan har bir his — xavfsiz, yopiq, himoyalangan joyda qoladi.
04
ishtirok
Men sizning yoningizdaman, yo‘lboshchiman, lekin sizsiz hech narsa o‘zgarmaydi. O‘z ustingizda ishlashga tayyorligingiz — bu sayohatning eng chiroyli boshlanishidir.
03
Vaqt
Terapiya — bu yugurish emas, yurish. Har bir qadam o‘z vaqtida bo‘ladi. Tezda tuzalish emas, chuqur tushunish muhimroq.
02
Ochiqlik
Siz gapirishni boshlagan vaqtingiz — ichingizdagi og‘riq jim bo‘lishni boshlaydi. Qalbingizga shoshilmasdan, sekin-sekin yaqinlashamiz. Faqat ochiqlikka tayyor bo‘ling.
Rostlik
Qanday bo‘lsangiz, shundayligingiz bilan keling. Men sizni ayblash uchun emas, tushunish uchun tinglayman.
01
Bu yo'lda sizdan ham biroz kutuvlarim bo'ladi!
Eng ko'p so'raladigan savollar!


Dastlabki qabul qanday bo'lishi haqida maqolani o'qishingiz va ilk seans haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin!
bog'lanish
Malumot uchun
Ushbu sahifadagi hujjat, fotosurat va materiallar muallifga tegishli bo'lib, muallif ruxsatisiz tijoriy maqsadlarda foydalanish, nusxa ko'chirish ta'qiqlanadi.